Toshkent viloyatining barcha shahar-tumanlari boʻylab , mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan targʻibot uchrashuvlari tashkil etib borilmoqda .
Shu kabi , kuni kecha Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov , tuman IIB boshligʻi hamda mutasaddi tashkilotlar , mahalla faollari ishtirokida , tumanning “Moʻminobod ” MFY aholisi bilan , mahalla hududida sodir etilgan qotillik jinoyati muhokama qilindi .
Tadbirda , sodir etilgan qotillik jinoyatining kelib chiqish sabablari va sharoitlari keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi va barqaror profilaktik ishlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur vazifalar belgilab olindi .
Xususan , barcha tuman hududida qarovsiz qolgan bino inshootlar , janjalkash va surunkali ichkilikka ruju qoʻygan oilalarni nazoratga olish , shuningdek , mahalla faollari bilan hamkorlikda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish zarurligi taʼkidlandi .
Yigʻilishda tuman IIB boshligʻi polkovnik M .T . Mirzaev soʻz olib , hududda tinchlik va osoyishtalikni ishonchli taʼminlashda jamoatchilik faollarining oʻrni zarurligini taʼkidladi . Bu kabi muhim targʻibot tadbirlari viloyatning barcha shahar-tumanlari boʻylab birinchi rahbarlar ishtirokida tizimli ravishda tashkil etib borilmoqda .