14 Avgust 2025 yil 110

Mahallalarda ijobiy burilishlar jarayoni

Barcha rahbarlar viloyatning “qizil” toifadagi mahallalariga biriktirilib, hududda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida aniq reja asosidagi ishlar tashkil qilinmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash hamda qizil toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari polkovnik N.R.Xubbimov boshchiligida ishchi guruh Olmaliq shahrining “Alisher Navoiy” mahallasida boʻldi.

Oʻrganishlar davomida, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallada xavfsiz muhitni yaratish maqsadida mahallaning kirish-chiqish joylariga kuzatuv kameralari, koʻp qavatli uylarning hovlilariga PTZ-kameralar, kirish yoʻlaklari oldiga tashvish tugmalarini oʻrnatish choralarini koʻrish, shuningdek, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini texnik qoʻriqlovga olish yuzasidan masʼullarga qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh tomonidan, mahalla yettiligi faoliyati ham tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech