“Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kun” nazorat tadbiri doirasida pirotexnika vositalarini yasab, sotish maqsadida saqlayotgan shaxs IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Tadbir doirasida Yangiyoʻl shahri “Ramadan” mahallasida yashovchi 1989 y.t. (A.Q.) shaxs shubhali harakatlari uchun shaharning Samarqand koʻchasida hududiy IIB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, yonida boʻlgan paket ichidan 30 dona turli hajm va koʻrinishdagi, qoʻlbola usulda yasalgan pirotexnika vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxs mazkur pirotexnika vositasini oʻzi yasagan va har birini 150 ming soʻmdan sotishni rejalashtirgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.