Kuchli taʼsir qiluvchi dorilarni sotish bilan shug‘ullanuvchi guruh ushlandi
Psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, ularni yoshlar orasida tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida nazoratdagi 1991 y.t. A.K. (Chilonzor tumanida yashovchi) xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, u 11 dona “tropikamid”, 42 dona “regapen” va 5 dona “selofen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlayotganligi aniqlanib, ushlangan. Tadbir davom ettrilib, ushlangan shaxsni ushbu vositalar bilan taʼminlayotgan 1981 y.t. F.K. (Toshkent viloyatida yashovchi) yashash xonadonida 794 dona “regapen” 35, 178 dona “tropikamid” 180 va 74 dona “selofen” 25 kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, u ham daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, ko‘zdan kechirish davomida ushbu shaxs xonadonidan taxminan 5 gr “gashish” va 2 dona “ko‘knor” (o‘simlik boshog‘i) giyohvandlik vositalari hamda ularni isteʼmol qilish uchun qo‘lda yasalgan idish, “Tir” miltig‘i, 2 dona ratsiya, elektron tarozi va qo‘l bola yasalgan zanjir ham ham daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib, olingan.
Maʼlumotga ko‘ra, ushbu shaxslar Toshkent shahri va viloyatida katta miqdorida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.
Hozirda ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.