12 Oktyabr 2024 yil 147

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Toshkent viloyati hududida sintetik giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga qarshi keng masshtabda nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, IIBB Tezkor qidiruv xizmati va Chirchiq shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1982 yilda tugʻilgan shaxs (qora bozordagi taxminiy narxi 50 million soʻm boʻlgan) 375 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini, oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251(1) -moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech