Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent viloyat IIBB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan akademik litsey oʻquvchilari bilan muntazam ravishda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib kelinmoqda .
Shu doirada IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyida markaz masʼul xodimlari tomonidan oʻquvchilarga “Genom toʻgʻrisidagi qonun ”, “Raqamli ekspertiza asoslari ” hamda “Xatshunoslik ekspertizasi tadqiqot va obyektlari ” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi.
Darsda , genom maʼlumotlari jinoyatlarni ochishda va shaxsni aniqlashda qanday ahamiyat kasb etishi , raqamli ekspertiza orqali raqamli qurilmalardan dalillarni toʻplash , xatshunoslik ekspertizasi yordamida esa turli hujjatlardagi yozuvlarning muallifini aniqlash usullari haqida amaliy misollar bilan tushunchalar berildi .
Mazkur mahorat darsi oʻquvchilarga zamonaviy kriminalistika sohasining dolzarb yoʻnalishlari , ularning jinoyatlarni tergov qilishdagi oʻrni va ahamiyati yuzasidan amaliy bilim va koʻnikmalarni oshirishga xizmat qilmoqda .