11 Aprel 2020 yil 113

Koronavirusga karshi kurashishda xizmat qilayotgan bir guruh xodimlar muddatidan oldin maxsus unvonlar bilan ragʼbatlantirildi

Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 2020 yilning 4 aprel kunidagi tegishli buyrugʼi bilan, koronavirus (COVID-19) infektsiyasining mamlakatimiz hududida tarqalishini oldini olish maqsadida, xizmatga safarbar qilingan Toshkent viloyati IIBB xodimlarining besh nafari podpolkovnik, uch nafari mayor va ikki nafari kapitan maxsus unvonlari muddatidan oldin ragʼbatlantirildi.

 “PODPOLKOVNIK” maxsus unvoni;

mayor Аtamuratov Xalloq Xaliqovich, Toshkent viloyati IIBB Toʼrtinchi mintaqaviy hudud Zangiota tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlimi tayanch punktlari profilaktika inspektori;

mayor Jarkinova Аygul Sersenovna, Toshkent viloyati IIBB boʼlinmalari Probatsiya boʼlimi boʼlinmalari Boʼstonliq tumani ichki ishlar organlari probatsiya guruhi katta inspektori;

mayor Ibotov Kamoliddin Israilovich, Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlashni tashkil etish guruhi muhim topshiriqlar boʼyicha inspektori;

mayor Minovarov Dilshod Raximovich, Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika boʼlimi Shaxsni avtomatlashtirilgan identifikatsiya qilish boʼlinmasi bosh eksperti;

mayor Yuldashev Uchqun Raxmatillaevich, Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy hudud Boʼstonliq tumani IIB 10-son ichki ishlar boʼlinmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektori;

“MАYOR” maxsus unvoni;

kapitan Аbdullaev Nuriddin Аxmadalievich, Toshkent viloyati IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari-xorijiy fuqarolarni hisobga olish boʼlimi boshligʼi;

kapitan Turaev Erkin Komildjanovich, Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika boʼlimi Tahlil va texnik rivojlantirish guruhi bosh eksperti;

kapitan Ibadullaeva Muborak Nurullaevna, Toshkent viloyati IIBB IIBB boʼlinmalari Jazoni ijro etish boʼlimi 47-son manzil-koloniyasi Tarbiyaviy ishlar boʼlinmasi katta psixologi;

“KАPITАN” maxsus unvoni;

katta leytenant Ernazarov Ruslan Tursunkulovich, Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy hudud patrulь-post xizmati otryadi komandirining xizmat boʼyicha oʼrinbosari;

katta leytenant Shodiev Rustam Ismonovich, Toshkent viloyati IIBB Birinchi mintaqaviy hudud Qibray tumani IIB 7-son ichki ishlar boʼlimi Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punktlari profilaktika inspektorilariga, qayd etilganidek ragʼbatbatlantirish tariqasida muddatidan oldin berildi.

Eng avvalo, mazkur sinovli kunlarda xizmat qilayotgan tibbiyot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va barcha soha vakillariga davlatimiz rahbari va xalqimiz bildirilgan ishonch yanada kuch bagʼishlab turibdi. Koʼrsatilgan eʼtibor va ragʼbat bilan ularni qutlaymiz.

Sinovlarni hamjihatlikda yengamiz! Biz siz uchun xizmatdamiz, siz biz va oilangiz uchun uyda qoling.

Maʼlumot oʼrnida, hozirda IIBB tomonidan koronavirus tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy qilingan boʼlib, 11 aprel 9:00 holatiga karantinga olingan 662ta xonadonga jami 3 ming 63 nafar fuqaro uy karantiniga olingan boʼlsa, ularni nazorat qilish uchun 700ga yaqin va 11ta tibbiy muassasalarda 8 ming 815 nafar fuqarolar karantiniga olingan boʼlsa, ularga 150 nafarga yaqin ichki ishlar xodimlari biriktirilib, kuchaytirilgan nazorat tartibida sutka davomida xizmat olib bormoqda.

Viloyat hududida olib borilayotgan choralar natijasida jami 6 ming 12ta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlangan va tegishli chora koʼrilgan.

IIBB Аxborot xizmati

Text to speech