30 Noyabr 2021 yil 422

Kasbiy tayyorgarlik va sport

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jismoniy va jangovar shayligini oshirish va xodimlarni sportga keng jalb qilish maqsadida “Dinamo” jismoniy tarbiya jamoalari oʻrtasida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Musobaqada viloyat IIBB, Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi, harbiy qismi va qoʻriqlash boshqarmalarining jamoalari ishtirok etishdi.

30-spartakiada doirasida murosasiz kechgan janglarda, ishtirokchilar 65,70,75,80,85,90,+90 kg vaznlarda kurash olib borishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra: 1-oʻrinni Milliy Gvardiya Harbiy qismi, 2-oʻrinni Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, 3-oʻrinni MG qoʻriqlash boshqarmasi jamoalari qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblarga diplom va sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

IIBB Axborot xizmati

 

Text to speech