“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida jahon chempioni Akobir Qurbonovdan bilan mahorat darsi
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy tayyorgarligi va jismonan sogʻlomligi jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olishda muhim oʻrin tutadi. Shu maʼnoda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida boʻlib oʻtayotgan tadbirlarning ahamiyatini alohida qayd etish kerak.
Kecha Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo'lib o'tgan ma'rifat soati ana shu mavzuga qaratildi.
Unda xalqaro toifadagi sport ustasi, sambo va oʻzbek kurashi boʻyicha jahon chempioni, nafaqadagi podpolkovnik Akobir Qurbonov ishtirok etib, xodimlarga oʻzining mahorat sirlarini oʻrgatdi.
Oʻtkazilgan mahorat darsi mobaynida xalqaro toifadagi sport ustasi qaltis vaziyatlarda xodimlarning qanday harakat qilishlari lozimligi toʻgʻrisida nazariy va amaliy jihatdan tushunchalar berdi.
Nafaqadagi podpolkovnik Akobir Qurbonovning mahorat saboqlari qatnashchilar uchun katta ibrat maktabi vazifasini oʻtadi.
IIBB Axborot xizmati