1 Iyun 2024 yil 9821

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; - Yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi; - Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi; - Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi; (zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi); - Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida tayyorlanadigan mutaxassisliklar:

- Yo‘l-patrul faoliyati;

- Pasport tizimini ta’minlash faoliyati;

- Jamoat tartibini saqlash faoliyati;

- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati.

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:

- Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- Harbiy guvohnoma;

- Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi 086 shaklidagi sog‘lig‘ining holati haqidagi ma’lumotnoma (bo‘y parametrlari ko‘rsatilgan holda);

-Oliy ta’lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplomi va uning ilovasi asli)

Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 1-iyun kunidan 1-iyul kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari so‘raladi.

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Telegramdagi guruhga a’zo bo‘ling https://t.me/TV_KTF_2024

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangi Obod MFY, Yangi Obod ko‘chasi Toshkent viloyati IIBB yangi binosi

Text to speech