17 Yanvar 2025 yil 1891

“Yoʻl harakati qoidalari targʻiboti kuni” munosabati bilan Jamoat joylarida targʻibot tadbirlari tashkil etildi

Xususan, Toshkent viloyati IIBB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarga qatnovchi haydovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Tadbir davomida viloyatda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, barchaning bu jarayonda masʼul ekani yana bir bor taʼkidlandi. Yoʻlovchilarni tashishda belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilish zarurligi, chunki inson hayoti barchasidan ustunligi tushuntirildi. Shuningdek, yoʻl-transport hodisalarining ogʻir oqibatlari haqidagi misollar keltirilib, ishtirokchilarga masʼuliyatning naqadar muhim ekaniga urgʻu berildi.

Suhbat davomida haydovchilarning qiziqtirgan savollariga javob berilib, ular tomonidan bildirilgan takliflar tinglandi. Bunday tadbirlar yoʻl harakati madaniyatini oshirish va barcha ishtirokchilarni hushyorlikka undash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech