8 Sentyabr 2025 yil 375

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda

Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida viloyat IIBB YHXB Ekspluatatsiya montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda yoʻl belgilarini yangilash va oʻrnatish ishlari olib borilmoqda

Jumladan, bugunning oʻzida Bekobod shahridagi maktablar oldiga ogohlantiruvchi belgilar, Oqqoʻrgʻon tumani markazida axborot beruvchi belgilar oʻrnatildi.

Ushbu tadbirlar harakat xavfsizligini kuchaytirish va yoʻllarda turli koʻngilsiz holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Text to speech