Jinoyat davomida fuqarolar va davlatga yetkazilgan 89 mld so‘m zarar undirildi
Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2021 yil 12 oyi davomida dastlabki tergov faoliyatini yaxshilash, jinoyatlarni fosh etish va ularni oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, jinoyatlarni oldini olish va tergov profilaktikasi masalasida 5 937 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, o‘quv muassasalari va korxonalarga taqdimnomalar kiritilib, tergovchilar ishtirokida ayblanuvchilarning yashash, o‘qish va ish joylarida muhokama qilindi.
Shu kabi tergovchilar tomonidan jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha 1 790 marotaba taʼlim muassasalarida, 2 639 marotaba mahallalarda, 302 marotaba korxona va tashkilotlarida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilgan.
O‘tgan davr mobaynida tergov xodimlari tomonidan 18 ta qidiruvdagi shaxs aniqlanib ushlangan bo‘lsa, 73 ta jinoyat fosh etilgan.
Yana bir eʼtiborli jihati, 12 oyda jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolar, davlat va jamoat tashkilotlariga 105 mlrd 581 mln so‘m moddiy zarar yetkazilganligi aniqlanib, ulardan 88 mlrd 964 mln so‘m yoki 84,3 foizi undirilishiga erishilgan. Hozirda zararning qolgan miqdorining undirishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.
IIBB Axborot xizmati