13 Iyul 2022 yil 827

Jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga ID-kartalar topshirildi

Hammasi inson qadri uchun. Bugun bu tamoyil har bir tizimning bosh maqsadiga aylandi. Xususan, jinoyat ko‘chasiga kirib to‘g‘ri yo‘lidan adashgan va hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslarga qaratilayotgan eʼtibor ham shular jumlasidandir.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning amaliy davomi sifatida kecha, 12 iyul kuni Toshkent viloyati IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari Zangiota tumanida joylashgan IIVga qarashli 24-son tarbiya koloniyasida bo‘lib, jazo muddatini o‘tayotgan, 16 yoshga to‘lgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartalar rasmiylashtirishdi.

Shu munosabat bilan kaloniyada tashkil etilgan tadbirda 23 nafar shaxsga rasmiylashtirilgan ID-karta tantanali ravishda topshirildi.

Maʼlumot o‘rnida qayd etish joizki, yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida migratsiya boshqarmasi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan 120 nafardan ortiq shaxsga manzilli xizmat ko‘rsatish orali ID-karta rasmiylashtirilib, topshirilgan va hozirda ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech