24 Noyabr 2021 yil
570
“Yashil makon” loyihasi doirasida Boʻstonliq tumani IIB xodimlari tomonidan 600 tup koʻchatlar oʻtkazildi
Respublika miqyosida o'tkazilayotgan daraxt ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” va “Yashil makon” umummilliy loyihasi Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari tomonidan ko'tarinki kayfiyat va samimiyat bilan tashkil etilmoqda.
Jumladan, bugun ham mazkur loyiha doirasida Boʻstonlik tumani 3-sektor hududida joylashgan Masjid va Qabriston atrofiga tuman IIB boshligʻi boshchiligida xodimlar tomonidan 580 tup mevali va manzarali daraxt ko'chatlari oʻtkazildi.
Avvalroq loyiha doirasida viloyat IIBB xodimlari tomonidan 3 mingdan ortiq koʻchatlar oʻtkazilgani haqida xabar qilingan edi.
Mazkur xayrli tashabbus viloyatning barcha shahar-tuman IIBlari tomonidan davom ettirilmoqda.
IIBB Axborot xizmati