29 Oktyabr 2022 yil 714

Yashil makon doirasida "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi

Muntazam davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 20 oktyabrdan “dolzarb 40 kunlik”ka start berilgan bo‘lib, ayni kunlarda joylarda loyiha doirasida amaliy ishlar qilinmoqda.

Jumladan, bugun 29 oktyabr kuni Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va boshqa davlat idoralari vakillari tomonidan ko‘plab manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tkazilishiga ko‘maklashildi. Jarayonlarda viloyat IIBB boshlig‘i boshchiligida bir guruh xodimlar faol ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda viloyat hokimi va soha mutaxassislari ishtirok etib, mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘zining ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi. Tadbirlar shahar-tuman, tashkilot va mahalla hududlarida ham davom ettirilmoqda

Text to speech