31 Yanvar 2024 yil 6594

Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 500-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Jamoat xavfsizligi universitetiga yoshi 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘ladigan fuqarolar doimiy yashash manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Arizalarni qabul qilish joriy yilning 1-fevral kunidan 20-mart kuniga qadar (shu kuni ham) davom etdi.

Toshkent viloyati IIBB tomonidan universitetning 3 ta yo‘nalishiga nomzodlar hujjatlarini topshirishlari mumkin bo‘ladi bular:

"Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati”;

“Jamoat tartibini saqlash faoliyati”;

“Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish faoliyati".

Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish tanlovlari necha bosqichda va qanday tartibda o‘tkaziladi?

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish uchun tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

•dastlabki saralab olish;

•test sinovlari.

Dastlabki saralab olish davomida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

•hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

•yakka tartibda suhbatlashish;

•tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

•individual-psixologik o‘rganish;

•umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.

Test sinovlari

Qabul komissiyasi tomonidan test sinovlarida qatnashishga ruxsat etilgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar har yili oliy ta’lim muаssаsаlаri bаkаlаvriаtigа hujjatlar qabuli boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Nomzodlarni Universitetga o‘qishga qabul qilish Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidаn tаqdim etilgаn test sinovlаri nаtijаlаri (tаnlovdаn tаshqаri vа test sinovlаrisiz o‘qishgа kirish huquqigа egа nomzodlаr bundаn mustаsno) аsosidа аmаlgа oshirilаdi.

To‘liq ma’lumotlar uchun Toshkent viloyati IIBBning o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Telegramdagi rasmiy guruhga a’zo bo‘ling. https://t.me/TV_JXU_2024  

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yangi binosi. Mo‘ljal: Nurafshon shahridagi Prezident maktabi.

Text to speech