O'qishga qabul qilish boʻyicha e'lon
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga fuqarolar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi maʼlum qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jixatidan yangi tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;
- Yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo’lishi;
- Erkaklar uchun bo‘yi 165 santimetrdan, ayollar uchun 160 santimetrdan past bo’lmasligi;
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo’lishi; (erkaklar uchun);
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.
Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida tayyorlanadigan mutaxassisliklar
- Yo‘l-patrul faoliyati;
- Pasport tizimini ta’minlash;
- Jamoat tartibini saqlash faoliyati;
- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati;
Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:
- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
- qarindoshlarning (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek
er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
- o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;
- fuqaro tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
- anketa-maʼlumotnoma;
- harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida maʼlumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda).
Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 05-noyabr kunidan
05-dekabr kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari so‘raladi.
Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro’yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi, Sada bekati, 1-uy. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi binosi.
Murojaat uchun telefon: + 99870 762 41 97
Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.