10 Sentyabr 2025 yil 424

Internetda tarqalayotgan “bola oʻgʻirlash” bilan bogʻliq video haqiqatga toʻgʻri kelmaydi (feyk)

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “bola oʻgʻirlash” bilan bogʻliq holat kuzatilmagani va shu mazmunda tarqalayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmasligi maʼlum qilinadi.

Maʼlumotga koʻra, kecha 9-sentyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan shaxs (2012 y.t. E.H) yaqinlariga aytmasdan boshqa mahallada yashayotgan doʻstining uyiga ketgan. Oradan vaqt oʻtib qarindoshlari uni topganda noqulay vaziyatdan chiqish uchun “meni oʻgʻirlab ketishmoqchi boʻlishdi” mazmunida gapirgan va buni eshitgan yaqinlari ichki ishlar organlariga xabar bergan.

Shu vaqtning oʻzida olib borilgan oʻrganishlar natijasida tuman hududida bu kabi holat kuzatilmagani va bola yaqinlari dakki berishidan choʻchib yolgʻon gapirgani maʼlum boʻlgan.

Jarayonda tuman IIB masʼullari tomonidan bola va uning yaqinlari bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, bu kabi harakatlarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Text to speech