1 Iyul 2025 yil 247

Internetda pullaringizni koʻpaytirib beramiz deb fuqarolarni aldayotgan firibgar qoʻlga olindi

U Telegramʼda 10 dan ortiq soxta profil ochib, odamlarnitreydingorqali daromad topishga ishontirgan va pul mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan.

Toshkent viloyati IIBB Kiberxavfsizlik boʻlimi va Chinoz tumani ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomidaTelegrammessenjeri orqali firibgarlik bilan shugʻullanib kelgan shaxs aniqlanib, ushlandi.

Aniqlanishicha, Chinoz tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilib, “TelegramdaBunyodbeknomli profil orqali onlayn daromad olish niyatida 5 million 850 ming soʻm pul oʻtkazganini va aldanganini bildirib qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Surishtiruvlar davomida ushbu firibgarlikni Buxoro viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgani aniqlangan. U messenjerda 10 dan ortiq soxta profil ochib, odamlarnitreydingorqali daromad topishga ishontirgan va ularning pul mablagʻlarini oʻzlashtirib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismigbandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech