2 Dekabr 2024 yil 2600

Inson qadri va el-yurt baxti uchun mavzusi, OITS kasalligi va vazirlik buyrugʻining mazmun mohiya

Bugun, 2-dekabr kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy dars soat boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamolov “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼruza qilib, mavzuni yoritib bergan boʻlsa, "1-dekabr Butun jahon OITSga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan viloyat OITSga qarshi kurashish markazi oʻrinbosari Bahodir Ochilov OITS kasalligi, yuqish va uning profilaktikasi toʻgʻrisida atroflicha tushunchalar berdi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibga Bosh boshqarma Jismoniy va jangovar tayyorgarlik boʻlimi masʼullari tomonidan IIVning 2024 yil 5 oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi va reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi mazmun mohiyati yetkazildi.

Text to speech