Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ehtirom ko‘rsatilmoqda
9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush faxriylari holidan xabar olish maqsadida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov Bo‘stonliq tumanida yashovchi faxriylar xonadonida bo‘ldi.
Xususan, tuman Qoronqul MFYda yashovchi 98 yoshli Mirxoliq Ismonov, Nanay QFYda yashovchi 95 yoshli Abdurahim Ziyatov hamda Chimboylik MFYda yashovchi 95 yoshli Haitmat Gadayevlar xonadoniga borildi.
Jarayonda faxriylar bilan dildan suhbat qurildi va bugungi tinch osoyishda kunlarimizga shukrona aytilib, urushda halok bo‘lgan insonlar xotirlandi. Ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida esdalik sovg‘a va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Shu kabi tadbirlar shahar-tuman IIO tomonidan ham o‘tkazildi.
IIBB Axborot xizmati