IIV sovrini uchun kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi
20 dekabr kuni Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi IIV sovrini uchun Toshkent viloyati 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida “Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila” kitobxonlik bellashuvining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda viloyatning 22 ta shahar-tuman 3-sektorlarida yashovchi oilalar o‘rtasida tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan oila va ularning aʼzolari, “Yosh kitobxon”, “Men sevgan asar qahramoni”, “Bahru bayt” va “Eng yaxshi kitobxon oila” yo‘nalishida bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Piskent tumanidan L.Umarovalar oilasi uchinchi o‘rinni, Chirchiq shahridan A.Nurmamatovlar ikkinchi o‘rinni egallashgan bo‘lsa, X.Yoqubovlar oilasi birinchi o‘rinni egallab respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Tadbir yakunida IIBB Sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, mayor Sanjar Saidov tomonidan g‘olib va ishtirokchilariga Bosh boshqarmaning faxriy yorlig‘i, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
IIBB Axborot xizmati