IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga qabul o‘tkazilmoqda
Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga joriy yil 1 apreldan 30 aprelga qadar o‘qishga qabul o‘tkazilishi maʼlum qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi 10-sonli Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 23 mart kungi 150-sonli buyrug‘i bilan Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga qabul tartibiga o‘zgartirish kiritilib, endilikda nomzodlarning hujjatlari ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtirilishi belgilangan.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Doimiy yashah manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turishi;
- erkak (o‘g’il bola bo‘lishi);
- joriy yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaydigan;
- Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilishi;
- Hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul qilinadi;
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini tamomlagandan keyin bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishonlari beriladi. O‘qish muddati - 2 yil.
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:
Ichki ishlar organlariga ta’lim yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, belgilangan shakldagi ariza bilan joriy yil 1 apreldan 30 aprel kuniga qadar murojaat qilishlari mumkin.
Nomzodlar arizaga :
- tarjimai holi (elektron va qo‘l yozma);
- o‘qish, yashash joyidan tavsiyanoma;
- tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusqasi;
- mudofaa ishlarida ro‘yhatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;
- fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi o‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 ta, 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz). ilova qilinadi.
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirish istagida bo‘lgan joriy yilning 01-aprel kunidan 30-aprel kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari so‘raladi.
Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi, Sada bekati, 1-uy. Toshkent viloyati IIBB binosi.
Murojaat uchun telefon: + 998707624197
IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati