26 Fevral 2024 yil 4581

IIV litseyiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan yoshlar diqqatiga


Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyiga o‘qishga kirish tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabul qilish davom etmoqda.

 

Qabul muddati: 2024-yil 15-fevraldan 15-aprelgacha.

 

Kimlar ishtirok etadi: maktabning 9-sinf bitiruvchilari (Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari).

 

 Qabul bosqichlari:

- dastlabki tanlov;

- maxsus-professional tanlov;

- test sinovi.

 

Dastlabki tanlov:

- nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish;

- yakka tartibda dastlabki suhbat o‘tkazish;

- nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish;

- tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish.

 

Maxsus-professional tanlov:

- nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov o‘tkazish;

- nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov o‘tkazish;

- yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish.

 

Test sinovlari:

Test sinovlari belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodlar test sinovlarini o‘zlarining tanlovi bo‘yicha uchta: davlat tili, rus tili va qoraqalpoq tilining birida topshiradilar.

Ta’kidlash joizki, akademik litsey ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki kasbiy bilim, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, IIV oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha samarali tartibni joriy etish maqsadida tashkil qilingan.


O‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar yuqorida qayd etilgan muddatda Toshkent viloyati IIBB Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent viloyati IIBB yangi binosi. Mo‘ljal: Nurafshon shahridagi Prezident maktabi.

Text to speech