6 Fevral 2025 yil 3289

IIV Akademiyasi kursantlari uchun amaliyot boshlandi

Toshkent viloyati ichki ishlar Bosh boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 3-kurs kursantlari uchun malakaviy ish oʻrganish amaliyotini boshlashga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdiTadbirda viloyat IIBB sohaviy xizmat masʼul xodimlari, IIV SHXBB Toshkent viloyati boshqarmasi va IIV Akademiyasi vakillari, shuningdek, kursantlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Yigʻilish davomida kursantlarga biriktirilgan murabbiylar tanishtirilib, ularga xizmat intizomi va amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, amaliyot jarayonida kursantlarning kasbiy mahoratini oshirish, ularning xizmat sharoitlariga moslashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, oʻqish davomida oʻzining namunali xulqi va bilim darajasi bilan ajralib turgan bir guruh kursantlarning ota-onalari Akademiya rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi hamda ularga minnatdorchilik xatlari topshirildiIsh oʻrganish amaliyoti kursantlar uchun nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish imkoniyatini yaratib, ularning kelgusidagi professional faoliyatiga mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.

 

Text to speech