4 Noyabr 2021 yil 673

IIBBning tantanali bayram tadbiri

Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkil topganligining 30 yilligi hamda 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov, viloyat hokimi va boshqa tashkilot rahbarlari hamda IIO xodimlari va ularning yaqinlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov IIO xodimlarni bayram bilan qutladi va Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, Vazir o‘rinbosari Azizbek Ikramov ham xodimlarni va ularning yaqinlarini IIV tiziming 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgan fidoyilar hamda vatan uchun jon fido qilgan xodimlarning yaqinlarini taqdirlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillarining bir guruhi IIV tomonidan mukofotlandi. Tadbirning badiiy qismida xalq artistlari va el ardog‘idagi sanʼatkorlar xodimlarni bayram bilan qutlab, chiqishlar qilishdi.

Text to speech