27 Dekabr 2021 yil
676
IIBBda oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi
Xodimlarning bayram kunlarida kuchaytirilgan xizmat va navbatchilikda bo‘lishlari va ularga yana-da qulaylik yaratish hamda viloyat tadbirkorlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida, bugun Toshkent viloyati IIBBda oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada tadbirkorlar o‘zlari yetishtirgan va ishlab chiqargan go‘sht, sut va baliq mahsulotlari, mevalar va boshqa turdagi oziq-ovqatlar bilan ishtirok etdi. Xodimlar tomonidan xaridlar amalga oshirilib, bayram dasturxoniga hozirlik ko‘rildi.