IIBBda davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bir qator xodimlar yuksak davlat mukofoti va IIVning ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan bo‘lsa, 300 nafar xodimlarga pul mukofotlari va boshqa sovg‘alar topshirildi.
Tadbirni Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov ochib berib, shaxsiy tarkibga Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi va yig‘ilganlarni istiqlolning 31 yilligi bilan qutladi. Ularning mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasblariga ulkan zafarlar tiladi.
Tadbirning taqdirlash va mukofotlash qismida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ko‘ra, Jasorat” medali bilan taqdirlangan Mayor Karabayev Anvar Abdugapparovichga Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan yuksak mukofot tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirligining «1-2-3 darajali Benuqson xizmatlari uchun» 9 nafar va “Aʼlo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan bir nafar, «Faxriy yorlig‘i» bilan bir nafar va pul mukofoti bilan bir nafar xodim taqdirlangan bo‘lsa, yugurish marafonida faxrli o‘rinlarni egallagan xodimlarga ham pul mukofotlari tantanali topshirildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytgan bir guruh xodimlarning xizmat faoliyati eʼtirof etilib, ular ham Bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirildi.
Bosh boshqarma boshlig‘i mukofotlarni topshirish davomida, xodimlarning xizmatdagi samarali faoliyatlari va buning ortidan erishilayotgan natijalar shaxsiy tarkibga o‘rnak bo‘lishi, har bir xodim shunday mukofotlarga loyiq bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.
Tadbir davomida IIVning buyrug‘i bilan to‘qqiz nafar faxriylarga “O‘zbekiston IIV faxriysi-Ветеран МВД Узбекистана” nishoni ham tantanali topshirildi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashganliklari uchun 290 nafardan ortiq xodimlar pul mukofoti bilan rag‘batlantirigan bo‘lsa, 92 nafar xodimlarning ilgari berilgan intizomiy jazolari muddatidan oldin olingani eʼlon qilindi.
IIBB Axborot xizmati