IIBB va uning quyi tizimlarida “Yashil makon” doirasidagi xayrli tashabbus
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida, mutasaddilarga 10 dekabrga qadar respublikaning har bir shahar-tumanlari hamda qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha “dolzarb 40 kunlik” oʻtkazish va “Yashil makon” umummilliy loyihasini joriy qilish topshirigʻi berildi va bu borada ishlar boshlab yuborildi.
Boshqa sohalar qatorida Toshkent viloyati ichki ishlar organlari xodimlari ham tadbir doirasida maʼmuriy binolar atroflari va xonadonlari hududlarida mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtkazishdan mamnun.
Jumladan, viloyat IIBB markaziy apparati, Mintaqaviy markazlar, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi pitomnigi, Reabilitatsiya qilish markazi, shuningdek, 22 ta shahar-tuman IIB (boʻlinma) binolari atrofiga 1 000 ga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
Hozirda viloyat boʻylab Ichki ishlar organlariga qarashli hududlarini amalda “yashil makon”ga aylantirish borasidagi ishlar viloyat IIBB rahbariyatining nazoratida davom ettirilmoqda.
IIBB Axborot xizmati