31 Dekabr 2021 yil 980

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yangi yil tabrigi

Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari, qadrli ofitserlar, serjantlar va safdorlar, muhtaram faxriylar, Sizlarni kirib kelgan Yangi – 2022 yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin.

Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz bo‘lsa, chinakam xalqchil xalqparvar bo‘lish, shuningdek, “Barcha say-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya ichki ishlar organlari faoliyatining ham bosh mezoni bo‘lib qolishi lozim.

Soha xodimlarining jamoat tartibi va tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi fidokorona xizmatini, qolaversa, hamon davom etayotgan pandemiyadagi jonbozliklarini xalqimiz yaxshi anglaydi va munosib qadrlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlar orqali ushbu kunda el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur soha xodimlarining xotirasini hurmat-ehtirom bilan yod etib, ularning oilasi va farzandlariga bayram tabrigimiz va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Qadrli hamkasblar!

Sizlarni yana bir bor kirib kelgan yangi 2022-yil bilan chin yurakdan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, g‘oyat masʼuliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman. Yangi - 2022 yil barchamizga qutlug‘ kelsin!

Tohir Aripov,

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, polkovnik

Text to speech