30 Aprel 2025 yil 1314

Iftixor va Gʻisht-koʻprik mahallalarida huquq-tartibot maskanlari foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda mahallarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli Qaroriga muvofiq Toshkent tumanining Iftixor va Gʻisht-koʻprik mahallalarida huquq-tartibot maskanlari foydalanishga topshirildi.

Soʻnggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlariga juda katta eʼtibor qaratilib, sohani chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish, aholi uchun barcha shahar va qishloqlarda, hatto eng chekka joylarda ham xavfsiz yashash va mehnat sharoitini yaratish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Birgina misol, yuqorida nomi keltirilgan PQ-1-son qaror bilan hududlarining kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarida tashkiliy tuzilmasi asosida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda beshtagacha mahallani mikrohududlarga birlashtirgan holda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha tezkor harakatlanish tizimini joriy etish vazifasi belgilab berildi.

Bu esa tizimdagi islohotlarning amaliy natijasini sohaning har bir xodimi, birinchi navbatda, bizga katta ishonch bildirgan xalqimiz oʻzining kundalik hayotida his qilayotgani barchamizga gʻurur-iftixor bagʻishlaydi.

Oʻylaymizki, foydalanishga topshirilayotgan ushbu koʻrkam binoda huquq-tartibot vakillari uzoq yillar davomida xalqimizga va Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilib, mamlakatimiz ravnaqi uchun, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashga oʻz hissalarini qoʻshishadi.

Text to speech