15 Oktyabr 2021 yil 155

ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini koʻrsatish talab etilmaydi

"Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori (645-son, 15.10.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-martdan quyidagi xizmatlar YAIDXP orqali elektron shaklda koʻrsatiladi:

- Oʻzbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish

- chet davlatda Oʻzbekiston fuqaroligini tasdiqlash boʻyicha tegishli hujjatlar va maʼlumotnomalarni olish

- sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi maʼlumotlarni olish

- avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish

- jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash

Haydovchining YPX inspektoriga taqdim etishi lozim boʻlgan hujjatlari yonida boʻlmagan taqdirda, ular maxsus planshet qurilmasi identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

Bunda, ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:

- yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi

- transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi, transportga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar

- transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi

Shuningdek, 2022-yil 1-fevralgacha sugʻurta shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yagona axborot tizimiga toʻliq kiritiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech