Ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish uchun tanlovlar eʼlon qilinadi
Toshkent viloyati IIBB 2020 yilning 30 mart kunidan Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimlarida boʼsh boʼlgan ofitserlik lavozimlariga, ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagida boʼlgan fuqarolarni xizmatga qabul qilish boʼyicha oʼtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishga roʼyxatga olish boshlanishini maʼlum qiladi.
Tanlovlarda, 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta boʼlmagan, Toshkent viloyatida doimiy roʼyxatda turuvchi, oliy taʼlim muassasalarini “huquqshunos” mutaxassisligi va “pedagogika” yoʼnalishlari boʼyicha tamomlagan, muddatli, safarbarlik chaqiruv rezerv yoki oliy taʼlim muassasasini harbiy kafedrasini tamomlagan, boʼyi 165 sm dan past boʼlmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.
Ichki ishlar organlariga kirish istagida boʼlgan fuqarolarni yuqorida koʼrsatilgan muddatdan boshlab, soat 09.00dan 17.00ga qadar IIBB Kadrlar boshqarmasiga shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, maʼlumoti toʼgʼrisidagi diplom, harbiy guvohnomasining asl nushalari bilan kelishlari soʼraladi.
Manzil: Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yoʼli koʼchasi Sada bekati 1-uy. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi binosi.
Murojaat uchun telefon: +998 70 762-41-97 yoki +998 99 863-85-49