13 Aprel 2020 yil 120

Ichki ishlar organlari xodimlarining koronavirus infektsiyasidan himoyalanishi tartibi toʼgʼrisidagi YO'RIQNOMА

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 11 aprelь kunidagi 136-son buyrugʼiga ILOVА.

1-bob. Umumiy qoidalar

1.Mazkur Yoʼriqnoma koronavirus (COVID-19) infektsiyasi (keyingi oʼrinlarda koronavirus infektsiyasi deb ataladi) tarqalishiga qarshi kurash tadbirlariga jalb qilingan ichki ishlar organlari xodimlari (keyingi oʼrinlarda xodimlar deb yuritiladi)ni koronavirus infektsiyasidan himoya qilish qoidalarini belgilaydi.
2. Muloqotda boʼlgan shaxslarni karantinga olingan hududlarga olib borish xodimlar shaxsiy himoya vositalari (yuz niqobi, tibbiy qoʼlqop) bilan himoyalangan xolda maxsus transport vositasida amalga oshiriladi. Bunda xodimlar nafas olish, qoʼl va tana sirti gigienasi, shuningdek transport vositasidagi ventilyatsiya va xavfsiz masofa saqlanishiga katьiy amal qilishi lozim.

2-bob. Koronavirus infektsiyasidan himoyalanish boʼyicha standart ehtiyot choralari

3. Qul gigienasi xodimlar orasida yuqumli kasallik tarqalishining oldini olishda samarali usul hisoblanib, mazkur Yoʼriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq muntazam ravishda (taom tayyorlashdan, ovqatlanishdan, uyga va ishxonaga kirish va chiqishdan oldin) qoʼllar spirtli antiseptik va boshqa sanitar-gigienik vositalar yordamida 20-30 soniya davomida tozalab turiladi.

4. Qoʼllar bilan turli jismlarning yuzalariga tegilganda yoki ular da koʼzga koʼrinadigan ifloslanish boʼlsa, mazkur Yoʼriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq qoʼllar sovun, oqar suv, bir marotaba ishlatiladigan sochiq va boshqa antiseptik vositalardan foydalangan xolda tozalanadi.

5. Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar, gumonlanganlar va uy karantinida boʼlgan shaxslarni kuzatish xamda nazorat qilishda xodimlar tomonidan koʼrilishi shart boʼlgan ehtiyot choralarida shaxsiy himoya vositalari (keyingi oʼrinlarda ShHV deb yuritiladi)dan toʼgʼri foydalanish, shu jumladan ShHVni qanday tartibda kiyish (taqish), yechish va utilizatsiya qilish mazkur Yoʼriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

3-bob. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish alomatlari mavjud bemorlarning uylariga tashrif buyuruvchi xodimlarni himoya qilish boʼyicha koʼrsatmalar

6. Qoʼllarga gigienik ishlov berish tarkibi 60-95% gacha spirtdan iborat boʼlgan antiseptik vositalardan foydalangan xolda ShHVni kiyish (taqish) va yechishdan oldin amalga oshiriladi.

7. Xodimlar tomonidan koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish alomatlari boʼlgan shaxs(lar)ni kuzatishda kombinezon, qoʼlqop, kuzni (himoya koʼzoynaklari) va nafas olishni (yuzning old va yon tomonlarini qoplaydigan bir martalik yuz niqobi) himoya qiluvchi vosita (respirator)lardan foydalaniladi.

8. Xodimlar uyga kirishidan oldin uydagi shaxslarni uyga kirishi haqida ogohlantirib, boshqa xonaga utishi yoki oʼsha xonadan kamida 2 metr uzoqlikda turishini soʼraydi.

9. Xodimlar uydan tashqariga chiqqanda ShHVni yechib, tashqaridagi axlat qutisiga tashlashi lozim, avtotransport vositasida foydalanilgan ShHVni olib yurmasligi va uy ichkarisiga kiritmasligi kerak. Bunda, uydan tanщarida barcha ShHVlarni yechib tashlashning iloji boʼlmasa, xodimlar yuzni himoyalovchi niqob (nafas olish va kuzni himoya qilish vositasi)ni olib tashlashi tavsiya etiladi.

10. Xodimlar uy ichida kombinezon va qoʼlqopini yechishi kerak boʼlgan xollarda, uydagi shaxslardan iloji boʼlsa boshqa xonaga utishini yoki bir xonada boʼlganda kamida 2 metr uzoqlikda turishini soʼraydi. Uyning kirish qismidagi boʼsh joy boʼshatilganidan soʼng, xodimlar kombinezon va qoʼlqopini yechib, tarkibida 60-95% gacha spirtdan iborat boʼlgan antiseptik vositalar yordamida qoʼl gigienasi oʼtkaziladi . Uyni tark etayotgan vaqtda xam xuddi shu tartibda qayta gigiena ishlari amalga oshiriladi.

4-bob. Koronavirus infektsiyasi alomatlari mavjud boʼlmagan shaxslarning uylariga tashrif buyuruvchi xodimlarni himoya qilish boʼyicha koʼrsatmalar

11. Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bilan yaqin aloqada boʼlgan, biroq kasallik alomatlari mavjud boʼlmagan shaxslar bilan gaplashishda xodimlar telefon yoki onlayn ilovalardan foydalanishlari tavsiya etiladi.

12. Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bilan yaqin aloqada boʼlgan shaxslarni karantinga olingan hududlarga olib borish xodimlar shaxsiy himoya vositalari (yuz niqobi, tibbiy qoʼlqop) bilan himoyalangan xolda, maxsus avtotransport vositasida amalga oshiriladi. Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bilan yaqin aloqada boʼlgan, biroq kasallik alomatlari mavjud boʼlmagan shaxslar bilan suhbatlashish zarurati paydo boʼlganda, xodimlar bemor bilan yaqin aloqada boʼlgan shaxsdan xavfsiz, kamida 2 metr masofada boʼlishi zarur. Bunda, xodim koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bilan yaqin aloqada boʼlgan, biroq kasallik alomatlari mavjud boʼlmagan shaxslarni tana harorati yuqori emasligini aniqlanmaguncha uyga kirmasligi kerak.

13. Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bilan yaqin aloqada boʼlgan, biroq kasallik alomatlari mavjud boʼlmagan shaxslar uzining tan harorati yuqori yoki kasallik alomatlari haqida xabar berganda xodim tibbiy ekspertiza oʼtkazish uchun mutaxassisga murojaat qilishi kerak. Koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bilan yaqin aloqada boʼlgan, biroq kasallik alomatlari mavjud boʼlmagan shaxslar isitma yoki boshqa kasallik alomatlari haqida xabar bermagan boʼlsa, unga uz haroratini oʼlchab, natijalari haqida xabar berishini soʼrashi kerak. Аgar shaxs ushbu koʼrsatmalarga rioya qilmasa, undan kamida 2 metr masofada turish kerak.

5-bob. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan yoki shubha ostidagi bemorlarni transportirovka qilish tartibi

14. Xodimlar koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni himoya kombinezonlarini kiyib va ehtiyot choralariga amal qilgan xolda kuzatib boradilar. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni tibbiy evakuatsiya qilishni amalga oshiruvchi guruh, aʼzolari epidemiya rejimiga rioya qilishi va dezinfektsiyalash boʼyicha qoʼshimcha tayyorgarlikdan utgan boʼlishi kerak.

15. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar evakuatsiyasini amalga oshirayotgan avtotransport vositasi haydovchisi ShHVni kiygan/taqqan boʼlishi shart. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar bilan aloqada boʼlgan shaxslar alohida avtotransport vositasida evakuatsiya qilinadi.

16. Ichki ishlar organlarining tez tibbiy yordam avtotransport vositalari tibbiy, texnik, dori vositalari, kiyim-kechak, epidemiologik (agar kerak boʼlsa), reanimatsiya va ShHV bilan jihozlangan boʼlishi kerak. Xodimlarning koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarning qarindoshlari va doʼstlari bilan birga borishi taqiqlanadi. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilganidan soʼng, brigada himoya kiyimlarini dezinfektsiyalash bilan kasalxonada toʼliq sanitariya ishlovidan oʼtkaziladi.

17. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni tashishda ishtirok etgan barcha xodimlar yuqumli kasalliklar shifoxonasining maxsus ajratilgan xonalarida sanitariya ishlovidan oʼtishlari shart. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni evaukatsiya qilishga jalb etilgan xodimlar yuqumli kasallikning gumon qilingan inkubatsiya davriga teng boʼlgan davrda tibbiy kuzatuv ostida boʼlishi kerak.

18. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni evakuatsiya qilish oldidan oʼtkazilgan tekshirish natijalariga kura, oʼtkir respiratorli infektsiyalar (isitma, yoʼtal, burunning oqishi va boshqalar) belgilari boʼlgan xodimlar xizmatga jalb qilinishi taqiqlanadi. Xodimlar bir marta ishlatiladigan niqoblar (ish smenasining davomiyligi va kamida 3 soatda bir marta niqobni almashtirish asosida), shuningdek, qoʼl yuzalarini tozalash uchun antiseptik va dezinfektsiyalash vositalari bilan taʼminlanadilar.

6-bob. Xodimlarning koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashdagi majburiyatlari

19. Koronavirus infektsiyasi bilan bogʼlik boʼlgan tadbirlarga jalb etilgan xodimlar tibbiyot xodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, shaxsiy gigiena qoidalari va koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda xavfsizlik choralari boʼyicha yoʼriqnoma oʼtkazilgandan soʼng xizmat vazifalarini bajarishga kirishadilar.

20. Koronavirus infektsiyasi bilan bogʼlik boʼlgan tadbirlarga jalb qilingan yul harakati xavfsizligi va patrulь-post xizmati boʼlinmalari xodimlari shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan xolda, blok-postlarda va boshqa jamoat joylarida (koʼchalarda) avtotransport vositalarini toʼxtatib tekshirish jarayonida avtotransport vositasi va unga tegishli boʼlgan hujjatlarni qoʼl tekkizmagan (avtotransport vositasi va unga tegishli boʼlgan hujjatlar haydovchi/fuqaro tomonidan ochgan holatda birma-bir xodimga koʼrsatiladi) xolda kamida 1 metr masofa saqlagan holatda tekshirib, xizmat olib boradilar.

21. Koronavirus infektsiyasi aniqlanmagan, ammo karantin kuzatuvida saqlanayotgan fuqarolarning barchasi potentsional infektsiya yuqqan bemor deb hisoblanishi va ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilishlari kerak. Koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan xar bir bemorlar bilan boʼlib oʼtgan muloqotdan soʼng xodim qoʼlqoplarni almashtirishi xamda qoʼlqopni xar safar yechganda va kiyganda qoʼllarni sovun bilan yuvish kerak.

22. Karantinga olingan hududlardagi bemorlar bilan bevosita muloqot faqatgina shifokor ruxsati bilan xodimlar tomonidan ShHVni kiygan/taqqan holda amalga oshiriladi (agar bemor tomonidan jamoat tartibini buzish holatlari kuzatilganda).

23. Zarurat boʼlmagan xollarda xodim koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar, gumonlangan shaxslar xamda bemorlar bilan aloqada boʼlmasligi lozim.
24. Xodimlar karantin sharoitidagi xizmatini tugatib, normal sharoitga qaytishda, koronavirus infektsiyasi mavjudligini aniqlash uchun ular dastlabki tekshiruvlardan utishlari kerak. Аgar natijalar (-) manfiy boʼlsa xam, barcha jamoa 14 kun davomida maxsus karantinga olingan hududlarga joylashtiriladi.
25. Xodimlar karantin tadbirlariga bir marotabadan ortiq jalb qilinmaydi.

7-bob. Yakuniy qoida

26. Mazkur Yoʼriqnoma talablari buzilishida aybdor boʼlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

IIBB Аxborot xizmati

Text to speech