11 Avgust 2025 yil 210

Ichki ishlar organlarida “Ijtimoiy himoya oyligi” oʻtkazilmoqda

2025-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida “Ijtimoiy himoya oyligi” eʼlon qilindi. Ushbu oylik doirasida ichki ishlar xodimlari va ularning oila aʼzolari ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi. 

Tadbirlar davomida salomatlikni tiklash, psixologik yordam koʻrsatish, moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish, kasbiy qayta tayyorlash va ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, xodimlarning yashash sharoitlarini oʻrganish, ehtiyojmandlarga amaliy yordam koʻrsatish hamda faxriylar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“Ijtimoiy himoya oyligi” tizimdagi insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasi boʻlib, xodimlarning ijtimoiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech