11 Iyul 2024 yil 5476

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi oshirilmoqda

IIVning “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda mazkur yo‘nalishdagi tegishli dastur ijrosini ta’minlash  maqsadida Toshkent viloyatida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Jumladan, viloyat IIBB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari kapitan Mohira Sobirova tomonidan ayol xodimalar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish yuzasidan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida xodimlar bilan yakka tartibda suhbat va ularning oilaviy sharoitini o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Bundan tashqari viloyat IIOda xizmat qilayotgan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash, xizmat yoki oilada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan stressli holatlarni oldini olish va ishni samarali tashkil  qilishdagi  ko‘nikmalarni hosil qilish bo‘yicha psixologik trening o‘tkazildi. Unda mavzu yuzasidan fikr mulohazalarini bildirishdi. Amaliy mashg‘ulotlar bilan stressni fiziologik va psixologik ta’sirlarini yengillashtirish va stressni bartaraf etish yo‘llari va usullarini qo‘llash ko‘nikmasini  shakllantirildi.

 

Xizmatda ayol xodimlar faolligini oshirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech