13 Sentyabr 2024 yil 1111

Xonadonda saqlanayotgan ko‘p miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari fosh etildi

Ayni kunlarda Toshkent viloyatida "giyohvandlik va psixotrop dori vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi" keng masshtabdagi nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Kuni kecha Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Toshkent tumani Ichki ishlar boʻlimi va DXX tuman boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1981-yilda tugʻilgan J.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Natijada xonadon yertoʻlasida 10 dan ortiq turli nom va koʻrinishdagi, ko‘p miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Aniqlanishicha, dori vositalari noqonuniy yoʻllar orqali respublika hududiga olib kirilgan va sotish maqsadida saqlab kelingan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251(1) -moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech