IIO xodimlari oʻrtasida jamoaviy sportni ommalashtirish va sogʻlom muhitni targʻib etish maqsadida voleybol boʻyicha “IIBB boshligʻining kubogi” sport musobaqasi oʻtkazildi.
Murosasiz va keskin vaziyatlarga boy boʻlgan oʻyin natijalarga koʻra, erkaklar oʻrtasida Bosh boshqarma jamoasi kubok va birinchilikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 1-mintaqa jamoasi ikkinchi oʻrinni va 4-mintaqa jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Shu kabi ayollar oʻrtasida Bosh boshqarma jamoasi birinchi oʻrinni, ikkinchi oʻrinni 2-mintaqa jamoasi va 4-mintaqa jamoasi faxrli uchinchi oʻrinni egalladi. Gʻoliblarga IIBB rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar tantanali topshirildi.