15 Iyul 2025 yil 473

Xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori va IIV farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 30 iyunidan 12 iyuligacha Toshkent viloyatida ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xizmat xodimlari uchun navbatdagi sayyor o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Ushbu mashg‘ulotlarda xodimlar fuqarolar bilan ishlashda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi. Ular sohadagi yangi qonunlar, hukumat qarorlari va IIV buyruqlari bilan tanishdi.

Shuningdek, “Obod va xavfsiz mahalla” hamda “ijtimoiy profilaktika” tamoyillari asosida mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, xizmatni to‘g‘ri tashkil etish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, intellektual kuzatuv kameralari va “tashvish tugmasi” tizimini joriy etish bo‘yicha bilimlar berildi.

Mashg‘ulotlar IIV Malaka oshirish instituti o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Darslar yakunida ishtirokchilardan test sinovlari olindi.

Text to speech