Toshkent viloyati IIBBda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi va shaxsiy tarkibni bayram bilan qutladi.
Tadbir davomida ichki ishlar organlaridagi koʻp yillik fidokorona xizmatlari, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishga qoʻshgan munosib hissalari uchun hamda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan IIV tomonidan ragʻbatlantirilgan bir guruh xodimlarga mukofotlar Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bundan tashqari, oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuklatilgan vazifalarga vijdonan yondashgan 620 nafar xodim pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi. Shuningdek, 7 nafar xodimning ilgari berilgan “intizomiy jazo”si muddatidan oldin olingani eʼlon qilindi.
Tadbir soʻngida, “Sahna – hayot koʻzgusi” mavzusida maʼrifat soati oʻtkazildi. Unda “Mashʼal” gazetasi bosh muharriri Otabek Isroilov mavzu doirasida maʼruza qildi.
IIBB Axborot xizmati.