4 Fevral 2022 yil 4334

YHX haydovchi-operatori lavozimlariga nomzodlar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimlarining “Yo‘l harakati xavfsizligi” tizimida mobil qurilmalaridan foydalanish guruhi haydovchi-operatori lavozimlariga nomzodlar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini maʼlum qilinadi.

Tanlov 2022 yilning 14-20 fevral kunlari davomida soat 09:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxat (propiska)da turuvchi, oliy maʼlumotga va (oliy taʼlim muassasasini axborot kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan) haydovchilik guvohnomasiga egamuddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan, bo‘yi 175 sm dan past bo‘lmagan (erkak) fuqarolar orasidan qabul qilinadi.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar Toshkent viloyati IIBB MMI va Kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga shaxslarini tasdiqlovchi:

fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi);

- oliy maʼlumoti to‘g‘risidagi diplom (asl nusxasi);

- harbiy guvohnoma (asl nusxasi) bilan kelishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Toshkent yo‘li ko‘chasi, Sada bekati, 1-uy. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi binosi. Murojaat uchun telefon: +998707624197 

IIBB Axborot xizmati

Text to speech