25 Iyul 2025 yil 446

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va sintetik dorilar savdosiga chek qoʻyilib, “zakladchik”lar qolgan olindi

IIV tomonidan respublika boʻyicha oʻtkazilayotganXavfsiz va sogʻlom yurttezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida Toshkent viloyati IIBB va DXX hududiy boʻlinmalari xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbirda kontrabanda yoʻli bilan olib kirilgan qariyb 2 kg giyohvandlik vositasi aniqlanib, noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Jumladan, Bekobod shahrida yashovchi, 2001 yilda tugʻilgan shaxs (T.A.) qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan, 945 gr boʻlgangashishmoddasini yashirin joydan olib, 2002 yilda tugʻilgan tanishi (X.S.)ga 100 AQSH dollari evaziga topshirayotgan vaqtda har ikkisi daliliy ashyo bilan ushlandi.

Yana bir holatda, 1995 yilda tugʻilgan shaxs (M.R.) Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kirilgan, Bekobod shahridagi oʻrmon xoʻjaligi hududiga yashirib qoʻyilgan 1 kggashishgiyohvandlik vositasini yashirin joydan olib, yetkazib berish evaziga 1000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida protsessual tartibda qoʻlga olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalari narkokuryer tomonidan kontrabanda yoʻli bilan zaklatka” yaʼni yashirin tarzda koʻmilgan holatda qoldirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech