21 Aprel 2025 yil 227

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktika tadbirlari doirasida 150 ta holatda oʻtkir tigʻli jismlarni olib yurish faktlari aniqlanib, tegishli tartibda chora koʻrildi

Toshkent viloyatida oʻtkazilayotganXavfsiz va sogʻlom yurttezkor-profilaktik tadbiri doirasida oʻtgan toʻrt kun mobaynida viloyat IIBB va uning quyi tizimlari tomonidan Tigʻmaxsus profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Tadbir davomida koʻcha va jamoat joylari, shuningdek boshqa hududlarda oʻtkir tigʻli ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 147 nafar shaxs aniqlandi. Ulardan umumiy hisobda 149 dona oʻtkir tigʻli ashyo (sovuq qurol) aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Aniqlangan ashyolardan 137 tasi pichoq, 4 tasi kastet 2 tasi bita boʻlsa, qolgan 6 tasi boshqa koʻrinishdagi tigʻli jismlarni tashkil qilgan. Ushbu tadbir natijasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan qator huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldi olindi.

Maʼlumot uchun: Qonunga xilof ravishda sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish bazaviy hisoblash miqdorining 1 dan 5 baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, boshqa qonuniy taʼsir choralari ham qoʻllanilishi belgilangan.

Tezkor profilaktik tadbirlar Toshkent viloyati boʻylab davom ettirilmoqda.

Text to speech