Chirchiq shahrida oʻtkazilgan tadbir davomida Fargʻona viloyatida yashovchi, 18-21 yoshdagi ikki shaxs (M.V., R.T.) oʻzlariga tegishli Nexia avtomashina saloniga 416 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi hamda 10 gr (gashish) giyohvandlik moddasini olib ketayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan qoʻlga olindi. Ushbu shaxslar qora bozorda taxminiy qiymati 50 million soʻmga teng boʻlgan mazkur moddani oʻtkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251 (1)-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Eslatib oʻtamiz, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari bilan noqonuniy muomala qilish 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.