2 May 2025 yil 482

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida psixotrop va sintetik dorilar savdosiga chek qoʻyilib, giyohvandlik vositalari manzili tushirilgan “graffiti” yozuvlar yoʻq qilindi

Jumladan, giyohvandlik va psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha oʻtgan 7 kun mobaynida viloyat IIBB va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan jami 78 ta jinoiy holat aniqlandi. Ushlangan shaxslardan 16,3 kg giyohvandlik vositasi va 1 852 dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar daliliy ashyo sifatida olindi.

Xususan, viloyat IIBB hamda Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1975-yilda tugʻilgan shaxs 50 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini xaridorga sotgan vaqtida qoʻlga olindi.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu shaxsning yashash xonadonidan kelgusida sotish maqsadida saqlab qoʻyilgan, taxminiy qiymati 100 million soʻmga teng boʻlgan 911 dona shu kabi dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Bundan tashqari, giyohvandlik va psixotrop moddalar savdosi bilan bogʻliq internet doʻkonlari reklamalari aks etgan 458 ta "narkograffiti" aniqlanib, yoʻq qilindi. Xavfsiz va sogʻlom yurttezkor-profilaktik tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Text to speech