20 Noyabr 2021 yil 575

“Xavfsiz hudud — xavfsiz tun” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar Toshkent tumani misolida

Toshkent viloyatida "Xavfsiz hudud" va “xavfsiz tun” profilaktik tadbiri keng qamrovda, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilib, qator jinoyatlarni oldi olinishi va fosh etilishiga erishilmoqda.

Jumladan, 31 oktyabr kuni Toshkent tumani “Sarka” MFYda yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan B.M.ning xonadoni tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, xonadon molxonasida 1,5 metrli quritilgan holatdagi hamda yerto‘la ichida isteʼmol qilish uchun tayyorlangan giyohvandlik modasi borligi aniqlangan.

Shuningdek, yerto‘lada 16 dona «Margolin», 30 dona «Makarov» to‘pponchasi o‘qlari va 1 dona o‘qdon borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan (ekspertiza tayinlangan).

Holat yuzasidan fuqaro B.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248- va 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech