“Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbiri
Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlash bo‘yicha viloyat ishlar bosh boshqarmasi va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan “Xavfsiz tun” keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda tashkil etilayotgan yo‘riqnomalarda viloyat IIBB boshlig‘i shaxsan ishtirok etib, tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga zaruriy tavsiya va topshiriqlarni yetkazmoqda.
Jumladan, Chirchiq shahrida bir kecha davomida o‘tkazilgan “Xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari natijasida YPX xodimlari tomonidan 66 nafar meʼyoriy hujjatlari bo‘lmagan va mastlik holatida avtotransport boshqargan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shu kabi PPX xodimlari tomonidan 15 ta holatda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism (pichoq)ni qonunga xilof ravishda olib, saqlab yurgan fuqarolar va jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qildan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan ham tegishli tartib chora ko‘rilgan.
Bundan tashqari tezkor xodimlar tomonidan psixotrop dori vositalari va giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanuv-chi 3 nafar shaxslar ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan bo‘lsa, fuqarolarga jinsiy munosabatda bo‘lishi uchun xonadonidan sharoit yaratib bergan ayol ham ushlandi va tegishli chora ko‘rildi.
Tadbir davomida umumiy ovqatlanish shoxobchalari korxona va tashkilot hamda boshqa obyektlar tekshirildi. Tungi vaqtlarda faoliyat olib boradigan ko‘ngil ochar maskanlar va ularda faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.