11 Sentyabr 2025 yil 219

Xavfsiz mahalla sari qadam — “Kimyogar” mahallasi misolida

Chirchiq shahridagi qizil toifaga kirganKimyogarmahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi, mahallaga biriktirilgan holda joyiga chiqib, “mahalla yettiligibilan hamkorlikda xonadonbay xatlov oʻtkazdi

Amalga oshirilgan choralar natijasida, 11 ta savdo doʻkoni va 3 ta ovqatlanish shoxobchasiga kuzatuv kameralari oʻrnatildi. 15 ta obyekt qoʻriqlash xizmatitashvish tugmalariga ulandi. Aholi gavjum joylarga 2 ta zamonaviy videokamera oʻrnatilib, viloyat IIBB markaziy tizimiga integratsiya qilindi. 108 ta xonadon egasi qoʻriqlash xizmatidan foydalanish uchun murojaat qildi.

Mahallada ijtimoiy masalalarga ham eʼtibor qaratilib, 71 nafar ishsiz fuqaroning bandligi taʼminlandi, xorijda mehnat migratsiyasida boʻlgan 94 nafar fuqaro yashash manziliga qaytarildi. Huquqbuzarlikka moyil shaxslar roʻyxatga olinib, ularning har biri fuqarobay oʻrganildi. Mahalla yettiligiga 74 nafar fuqaro boʻyicha xulosalar taqdim etilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yana bir jihat, aholining murojaatlari tezkor koʻrib chiqilayotgani bois, murojaatlar soni qariyb 21 foizga kamaydi.

Mazkur tashabbuslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarorida belgilanganXavfsiz mahallakonsepsiyasini hayotga tatbiq etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yoʻlidagi amaliy natijalardan biri boʻlib xizmat qilmoqda.

Text to speech