13 Sentyabr 2025 yil 39

“Xavfsiz kibermakon” shiori ostida targʻibot-tashviqot tadbirlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimiz boʻylabXavfsiz kibermakontezkor profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Oylik doirasida Toshkent viloyati IIBB Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida maxsus targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi kiber xavfsizlik boʻlimi mutaxassislari ishtirok etib, yigʻilganlarga bugun dunyo boʻylab ommalashib borayotgan kiber jinoyatlardan koʻplab insonlar jabrlanib kelayotgani toʻgʻrisida toʻxtalib, xodimlarga kiber madaniyat, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, internetdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish hamda kiber hujumlardan saqlanish boʻyicha amaliy tavsiyalar berib oʻtildi.

Shuningdek insonlarning kiber firibgarlik qurboniga aylanib qolishini oldini olish maqsadida aholi orasida targʻibot ishlarini olib borish, kiber hujumlarning salbiy oqibatlari boʻyicha xabardorligini oshirish, real hayotda uchrayotgan holatlar misolida tushuntirishlar olib borildi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati shahar va tumanlarining aholi gavjum hududlarida maxsus flayerlar tarqatilib borilmoqda.

Text to speech